Qidiruvdagi shaxslar qoʻlga tushdi
Fargʻona shahar IIB YHXB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Margʻilon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan D.B.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Qoʻqon shahar IIB JQB, HPB va Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Fargʻona shahar IIB YHXB xodimlari Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismida (soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv eʼlon qilingan I.T.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʼminlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati