Qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi
28-iyun kuni Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Q.A.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 223-moddasi 2-qismida (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Dangʻara tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan I.M.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati