30 Noyabr 2022 yil 432

Qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi

Fargʻona viloyati IIB TQX Qidiruv boʻlimi xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Yu.D.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB TQX Qidiruv boʻlimi xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.M.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech