13 Dekabr 2022 yil 224

Qidiruvdagi shaxslar qoʻlga tushdi

Fargʻona viloyati IIB JQB “Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish” boʻlimi xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.S.ni qoʻlga olishdi.

Beshariq tumani IIB JQB va boshqarma YHXB xodimlari Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismida (bezorilik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan S.A.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech