4 Yanvar 2023 yil 474

Qidiruvdagi shaxslar qoʻlga tushdi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV SHXBB Fargʻona viloyati boshqarmasi xodimlari Fargʻona viloyati IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismida ( soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan J.M.ni qoʻlga olishdi.

Qoʻqon shahar IIB TQKB va probatsiya boʻlimi xodimlari Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan P.M.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech