18 Fevral 2023 yil 821

Qidiruvdagi shaxslar qoʻlga tushdi

Fargʻona viloyati IIB PPXvaJTSB 2-Mintaqaviy hudud 2-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv eʼlon qilingan D.N.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Toshloq tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan S.Yo.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʼminlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech