3 Fevral 2023 yil 397

Qidiruvdagi shaxslar qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar IIO FMB TQKB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan O.M.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB PPX va JTSB 2-Mintaqaviy hudud 2-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan R.J.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʼminlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech