Qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi
Margʻilon shahar IIB MvaFRB xodimlari Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismlarida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan R.S.ni qoʻlga olishdi.
Fargʻona viloyati IIB MvaFRB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan A.X.ni qoʻlga olishdi.
Quva tumani IIB TEQKB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan I.B.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati