26 May 2022 yil 374

Qidiruvdagi shaxslar qoʻlga tushdi

25-may kuni IIV SHXBB Fargʻona viloyati boshqarmasi va Toshloq tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.M.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, viloyat IIB JQB “Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish” boʻlimi xodimlari Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismida (tuhmat) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.M.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech