26 May 2023 yil 228

Qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi

Fargʻona viloyati IIB TQX Terorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (Firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.Z.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Quvasoy shahar IIB JQB va Probatsiya boʻlimi xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (Firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan S.R.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech