1 Aprel 2023 yil
360
Qidiruvdagi erkak va ayol qo'lga tushdi
Farg'ona viloyati IIB TQX Qidiruv bo'limi xodimlari Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismida (Odamlardan foydalanish uchun ularni yollash) ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv eʻlon qilingan R.G ismli ayolni qo'lga olishdi.
Shuningdek, Qo'qon shahar IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, Qo'qon shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruv eʻlon qilingan M.S.ni qo'lga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʻlumotga ega bo'lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo'limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʻminlanadi.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati