31 Mart 2023 yil 209

Qidiruvdagi 2 nafar shaxslar qo'lga tushdi

Farg'ona viloyati IIB TQX Qidiruv bo'limi xodimlari Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, Farg'ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruv eʻlon qilingan S.B.ni qo'lga olishdi.

Shuningdek, Rishton tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismida (foxishaxona saqlash yoki qo'shmachilik qilish) ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, Farg'ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruv eʻlon qilingan Z.X.ni qo'lga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʻlumotga ega bo'lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo'limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʻminlanadi.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech