12 Aprel 2022 yil 424

Qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi

11-aprel kuni Bagʻdod tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismida (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan A.B.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB JQB “Qorrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish” boʻlimi xodimlari Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismida (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan Quvasoy shahar, Qoʻchqorchi MFY hududida yashagan Q.I.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech