1 Iyul 2023 yil 199

Qidiruvdagi erkak va ayol qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar IIO FMB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 140-moddasi 3-qismida (Haqorat qilish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB tomonidan qidiruv e’lon qilingan K.D ismli ayolni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Fargʻona shahar IIO FMB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismida (Bezorilik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIB tomonidan qidiruv e’lon qilingan Sh.M.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech