2 Noyabr 2022 yil 432

Qassobxonadan pul oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi

Buvayda tumani. Q.Sh IIBga murojaat qilib, unda 27-oktabr kuni noma’lum shaxs, Oltinqoʻrgʻon qishlogʻida joylashgan qassobxonasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, qassobxonadagi yogʻoch qutida saqlanayotgan 850.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.N sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech