18 Mart 2023 yil 363

Farg'ona shahrida qassobxonadan 100 kg mol go'shtini o'g'irlagan shaxslar fosh bo'ldi

Farg'ona shahar. Fuqaro J.D 2023 yilning 25 fevral kunidan 26 fevral kuniga o'tar kechasi nomaʻlum shaxs Marg'ilon ko'chasida joylashgan qassobxonasiga g'ayriqonuniy ravishda kirib, qassobxonada bo'lgan 100 kg mol go'shti mahsulotlarini yashirin ravishda o'g'irlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʻlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg'ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga etmagan M.Sh va T.E.lar sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlanishgan.

Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingiz, pul mablag'laringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech