4 Fevral 2023 yil 417

Qaror mazmun-mohiyati puxta oʻrganilmoqda

Fargʻona shahar IIO FMB majlislar zalida viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari ishtirokida tadbir oʻtkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi "Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori mazmun-mohiyati haqida soʻz yuritildi.

Qarorning ahamiyatli jihati shundaki, mazkur hujjat bilan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlandi.

Bundan tashqari, ushbu qaror bilan IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti toʻgʻrisidagi nizom, ichki ishlar organlarida kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha kompleks
chora-tadbirlarning Yoʻl xaritasi ham tasdiqlandi.

Yigʻilishda ushbu muhim va tarixiy hujjatlar soha rivojini yangi bosqichga koʻtarishi qayd etilib, barcha xodimlar uni oʻqib, oʻrganishi kerakligi tushuntirildi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech