Qaror mazmun-mohiyati puxta oʻrganilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kungi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-10-sonli qarori mazmun-mohiyati ayni paytda viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan oʻqib oʻrganilmoqda.
Jumladan, viloyat IIB JXX PPX bataloni maʼrifat zalida viloyat ichki ishlar boshqarmasining turli sohaviy xizmatlari, xususan, konselyariya boshliqlari, murojaatlar bilan ishlash guruhi, kotibiyat, navbatchilik qismi hamda moddiy texnika va xoʻjalik taʼminoti xizmati xodimlari ishtirokida ana shunday huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar, mazkur qaror sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtaradigan tarixiy va muhim hujjat ekanligini taʼkidladilar.
Eʼtiborlisi shundaki, qaror bilan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlandi.
Yangi kodeksni barcha xodimlar oʻqib-oʻrganishi va unga soʻzsiz amal qilishi kerakligi alohida qayd etildi.
Tadbir davomida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.