5 Iyul 2022 yil 643

QAROR IJROSI TAMINLANMOQDA

Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-aprelda qabul qilingan “Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-190-son qaroriga asosan avtomobil yoʻllarida inson hayoti va sogʻligʻini har qanday hodisalardan kafolatli himoya qilishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab berilgan.

Xususan qarorda tuman (shahar) hokimliklariga oʻz hududlaridagi avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilishini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish huquqi berildi.

Mahalliy hokimliklar tomonidan dasturiy-texnik vositalar oʻrnatilagidan boʻlsa, ularda qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima summasining 30 foizi bevosita tuman (shahar) mahalliy budjetiga yoʻnaltiriladi hamda ushbu mablagʻlar yoʻl harakatini raqamlashtirish, yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, yoʻl-patrul xizmati xodimlarining qoʻshimcha shtatlarini kiritishga sarflanadi.

Qarorda belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini oʻrganish maqsadida viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Farruxbek Oʻsarov hamda YHXB boshiligʻi mayor Tohir Chinaliyevlar Qoʻqon shahri, Oʻzbekiston, Furqat hamda Beshariq tumanlarida boʻlib, hokimlar, ichki ishlar boʻlimi boshliqlari hamda avtomobil yoʻllariga aloqador tegishli tashkilotlarning mutasaddi rahbari bilan muloqot oʻtkazdi.

Muloqot jarayonida kelgusida yoʻllarga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech