31 May 2022 yil 341

Qalbaki pulga "ZIL" olmoqchi boʻlgan shahs qoʻlga olindi

Margʻilon shahri: Qoʻshtepa tumani, Xalqobod MFYda yashovchi R.Gʻ tumaning Obod koʻchasida yashovchi X.X ning ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan “ZIL-130” rusumli yuk avtomashinasini 10.000 AQSH dollariga sotishiga yordam berishini va avtomashinasiga xaridor topganligini aytib, unga mazkur xaridor bergan 10.000 AQSH dollarini bergan vaqtida ushbu pullar qalbaki ekanligi aniqlangan.

Hozirda mazkur xolat yuzasidan Margʻilon shahar IIB xuzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi. “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech