Qoʻqon shahrida qalbaki pul ishlab chiqargan shaxs aniqlandi
Qoʻqon shahri. 07-iyul kuni O.O ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 27-iyun kuni noma’lum shaxs Furqat koʻchasida joylashgan dehqon bozoriga kelib, narhi 100.000 soʻmlik tarvuz-qovun mahsulotlarini sotib olib, 100 AQSH dollarli kupyuradagi qalbaki pulni berib, 950.000 soʻm qaytim olib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Sud kimyoviy ekspertizasining xulosasiga koʻra, 1 dona 100 AQSH dollari kupyuradagi pullar poligrafik usulda nusxa koʻchirib koʻpaytiruvchi rangli printer yordamida tayyorlanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.Sh sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati