15 Yanvar 2022 yil
476
Uchkoʻprik tumanida fuqaroning pullarini tanishiga yetkazishda yordam berishini aytib, aldagan shaxs javobgarlikka tortildi
Uchkoʻprik tumani. 2022-yilning 08-yanvar kuni M.A ismli shaxs fuqaro M.M.ning ishonchiga kirib, Uchkoʻprik tumanidan Fargʻona shahridagi tanishiga 23.500.000 soʻm pullarni yetkazishda yordam berishini aytib olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati