Pul almashtirmoqchi boʻlgan shaxs firibgarga chuv tushdi
Fargʻona shahar.Fuqaro Ya.A IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 21-may kuni noma’lum shaxs shahar markazida ishonchiga kirib, 3.500.000 soʻm pullarini 100.000 soʻmlik kupyuraga almashtirib berishini aytib, almashtirish vaqtida 900.000 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.N sodir etganligi aniqlanib, sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati