17 Fevral 2022 yil 436

Psixotrop moddalarni sotayotgan shaxs qoʻlga olindi

Qoʻqon shahri. 15-fevral kuni Qoʻqon shahar IIB, DXX va Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Yu.A yashash xonadoni oldida qonunga xilof ravishda jami 17 dona “Tramadol Lannaxer 50 mg” yozuvli psixatrop moddalarini maxsus xaridorga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash, sotish, oʻtkazish jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi koʻrsatib oʻtilgan.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech