15 Iyul 2022 yil 621

Kamomadni yashirish maqsadida “yolg‘on xabar” bergan 1-XBET ishqibozi

Quvasoy shahar. Fuqaro H.J IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 30-mart kuni noma’lum shaxs X.Olimjon mahalla hududida joylashgan kompyuter xizmati servisida ishlashini aytib xizmat koʻrsatishi uchun xizmat haqqini plastik kartasiga oʻtkazib berishini aytib tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasida boʻlgan jami 552.750 soʻm pullarini yechib olganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Fargʻona viloyati IIB TQXB xodimlari va Quvasoy shahar IIB JQB hodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, fuqaro H.J oʻzi ishlab kelayotgan paynet shaxobchasiga tegishli boʻlgan 552.750 soʻm pullarni 1-XVET ilovasi orqali ishlatib yuborib, paynetdagi kamomadni yashirish maqsadida IIBga murojaat qilib, yolgʻon xabar berganligi aniqlanib, jinoyat ishi boʻyicha H.J Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech