Toshloq tumanida profilaktik tadbirlar izchil davom etmoqda
Toshloq tumanida o‘tkazilayotgan tezkor profilaktik tadbirlar doirasida ichki ishlar organlari tomonidan qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan Probatsiya xizmati nazoratida turgan shaxslar bilan Probatsiya bo‘limi boshlig‘i ishtirokida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda nazoratdagi shaxslarga qonunbuzarlik yo‘liga kirib qolmaslik, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda jamiyatda munosib o‘rin egallash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shu kuni probatsiya nazoratidagi shaxslar uchun mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi. Unda 3 nafar mahkumning bandligi ta’minlandi.
Ta’kidlash joizki, bunday profilaktik tadbirlar huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarni sog‘lom hayotga yo‘naltirish va jamiyatda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati