Farg‘ona tumanida tezkor-kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash hamda huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar amalga oshirildi
Tuman IIB profilaktika inspektorlari tomonidan mahalla
fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi aholi vakillari
va mahalla faollari bilan sodir etilayotgan jinoyatlarni muhokama qilinib, kelgusida
jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha “Xavfsiz mahalla-xavfsiz xonadon”
tamoyili asosida mahalla faollari bilan jinoyatlarni oldini olish, ularga qarshi
kurashish yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
Fuqarolar o‘zlariga tegishli mol-mulklarini ko‘chalarda
qarovsiz va nazoratsiz qoldirmasliklari, dalalarda
tashlab ketishayotgan chorva hayvonlarini tungi vaqtda yashash xonadonlariga
olib kelib qo‘yishlari yoki o‘sha yerda qorovullab nazorat qilishlari, firibgarlik
turlarining plastik bilan bog‘liq holatlari oshib borayotganligi
sababli plastik karta raqamlari va kodlarini begona shaxslarga bermaslikliklari aks holda ushbu turdagi jinoyatdan jabrlanuvchi
bo‘lib qolishlari to‘g‘risida ogohlantirildi.
Tadbir davomida profilaktika inspektorlari tomonidan
fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar o‘rganilib, o‘z vaqtida nazortga olinib qonuniy tartibda ijobiy hal etildi, hamda tegishli
tartibda hujjatlar
rasmiylashtirildi.
Tadbir davomida profilaktika inspektorlari tomonidan
“alohida toifadagi shaxslar bilan fuqarobay ishlash” maxsus
kompleks tezkor-profilaktik tadbiri davomida 94 nafar toifadagi shaxslar, jumladan
muqaddam sudlangan, profilaktik hisobda va probatsiya hisobida
turgan, qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasi qo‘llangan, giyohvandlik va
spirtli ichimlikka ruju qo‘yganlar, g‘ayriijtimoiy xulq- atvorga ega yoshlar va
shar’iy nikohda yashovchi oilalar bilan jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha suhbatlashib
o‘tildi.
Tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini
olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davomida, hududlarni kirish-chiqish joylariga
videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va ularni p rofilaktika inspektori xizmat xonasiga integratsiya qilish va
raqamlashtirish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.
Kunlik amalga oshirilgan ishlar davomida 2 nafar yonida
o‘tkir tig‘li jismlarni ochiq xolda olib yurgan fuqarolarga O‘z. Res. MJtKning 185 prim 2-modda 1-qismi bilan xujjatlar
rasmiylashtirilib qonuniy chora ko‘rishlik uchun JIB Farg‘ona
tuman sudiga yuborildi hamda 60 nafar fuqaroga sodir etgan xuquqbuzarligi
uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalari
bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Shulardan: O‘z. Res. MJtK ning 183-moddasi bo‘yicha 7 ta, 185-moddasi bo‘yicha 2 ta, 187-moddasi
bo‘yicha 16 ta, 47-moddasi bo‘yicha 3 ta, 161-moddasi bo‘yicha 2 ta, O‘z.
Res. MJtK ning boshqa moddalar bo‘yicha
30 ta.
Tadbirlar
joylarda davom etmoqda.
Farg‘ona
viloyati IIB Axborot xizmati