20 Avgust 2025 yil 514

Farg‘ona shahrida profilaktik tadbirlar amalga oshirildi

Farg‘ona viloyati IIB Qo‘riqlash boshqarmasi rahbariyati, Patrul-post xizmati mas’ullari hamda mahalla yettiligi bilan hamkorlikda  Shakarqishloq mahallasida aholi xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini mustahkamlash maqsadida qator profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirda sodir etilgan o‘g‘rilik jinoyati muhokamasi o‘tkazilib, ishtirokchilarga jinoyatning oqibatlari, unga qarshi kurashish choralari hamda bunday huquqbuzarliklarning oldini olishda har bir fuqaroning mas’uliyati haqida tushuntirishlar berildi.

Tadbirlar davomida “Qo‘riqlash” xizmatiga ulanish tartiblari, ushbu xizmatning imkoniyatlari va afzalliklari, jumladan, zamonaviy signalizatsiya uskunalari, texnik xizmat ko‘rsatish va to‘lov imkoniyatlari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, og‘ir toifaga kiruvchi hududda kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech