29 Iyul 2022 yil 324

Profilaktika inspektorlari ishtirokida seminar-trening oʻtkazildi

Viloyat IIB, “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazi Fargʻona viloyati boʻlimi hamda odam savdosiga karshi kurash boʻyicha kichik komissiya a’zolari hamkorligida "Ziyorat" mehmonxonasi konferensiya zalida profilaktika inspektorlari uchun seminar-trening oʻtkazildi.

“Odam savdosi ustidan jinoiy javobgarlikni kuchaytirishda huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlarining roli” mavzusidagi ushbu seminar respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazi Fargʻona viloyat boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining salohiyatini oshirish orqali odam savdosi uchun jinoiy javobgarlikka tortishni mustahkamlash” nomli loyiha doirasida tashkil etildi.

Tadbirda bevosita viloyat hokimligi vakillari, viloyat IIB TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash boʻlimi xodimlari, profilaktika inspektorlari ishtirok etib, mavzu yuzasidan oʻzaro fikr almashdilar.

Xususan, odam savdosi jinoyatining oldini olishda profilaktika inspektorlari va keng jamoatchilik oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish borasida ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech