22 Iyul 2022 yil 347

Profilaktika inspektorlari ishtirokida oʻtkazilayotgan oʻquv mashgʻulotlari viloyat IIB rahbariyati tomonidan oʻrganildi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022-yil 23-may kunidagi “Tuman (shahar) ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarligini yanada oshirish boʻyicha oʻquv yigʻinlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi farmoyishi hamda Fargʻona viloyati IIB boshligʻining tegishli buyrugʻi asosida 18-iyul kunidan 30-iyul kuniga qadar Sharqiy harbiy okrugiga qarashli harbiy qism bazasida profilaktika inspektorlari uchun oʻquv kurslari tashkil etilmoqda.

Amaliy oʻquv mashgʻulotlariga viloyat IIB Kasbiy tayyorgarlik boʻlimi mas’ul xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, viloyat prokuraturasi, milliy gvardiya boshqarmasi, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi, hududiy ichki ishlar organlari va sohaviy xizmatlarning malakali mutaxassislari jalb etilgan.

Kuni kecha viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosarlari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshligʻi, polkovnik Fayzullo Ortiqboyev hamda Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi, podpolkovnik Farruhbek Oʻsarovlar oʻquv mashgʻulotlarining qanday borayotganligini oʻrganib, yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdilar.

Boshqarma rahbarlari oʻquv kurslariga jalb etilgan xodimlar bilan suhbatlashib, kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarlikni yanada oshirish boʻyicha zarur tavsiyalar berishdi.

Fargʻona viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech