2 Sentyabr 2025 yil 38

Marg‘ilon shahrida probatsiya nazorati ostidagi xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i general-mayor A. Ikramovning 99-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, Marg‘ilon shahar Ichki ishlar bo‘limi rahbariyati tomonidan jinoyat sodir etib, probatsiya nazoratida turuvchi xotin-qizlar bilan uchrashuv-muloqot tashkil etildi.

Tadbirda ishtirokchilarga belgilangan cheklov va majburiyatlarga rioya etish, qayta jinoyat sodir etmaslikning ahamiyati, huquqiy mas’uliyat masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, xotin-qizlarning shaxsiy muammolari, ularni qiynayotgan ijtimoiy va maishiy masalalar o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.

Mazkur muloqot xotin-qizlarni ijtimoiy hayotga faol jalb etish, jinoyatchilikning oldini olish va ularga huquqiy hamda ma’naviy ko‘mak berishda muhim qadam bo‘ldi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech