18 Noyabr 2022 yil 390

Probatsiya hisobidagi shaxslar bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda

Probatsiya xizmati hisobida turib jazo oʻtayotgan shaxslarni nafaqat nazorat qilish, balki ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini ta’minlash, oʻqishga va ishga joylashtirish, ijtimoiy-huquqiy, psixologik hamda tibbiy yordam koʻrsatish masalalariga ham katta e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, Rishton tumani IIB Probatsiya guruhi, tuman prokuraturasi va tibbiyot birlashmasi hamkorligida probatsiya hisobida jazo oʻtayotgan nazoratdagi shaxslar uchun bepul chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi.

Koʻrikda 58 nafar nazoratdagi shaxslar ishtirok etib, tuman tibbiyot birlashmasining nevropatolog, kardiolog, lor, oftalmolog, terapevt, jarroh, narkolog kabi tor doiradagi mutaxassislari tomonidan umumiy tibbiy tekshiruvdan oʻtkazildi.

Buvayda tumanida ham hamkorlikda xuddi shunday chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi. Unda probatsiya hisobida turgan 28 nafar nazortadagi shaxslar ishtirok etib, malakali shifokorlardan tibbiy maslahat va tavsiyalar oldilar. Bundan tashqari, “Yoshlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida davra suhbati hamda mehnat yarmarkasi ham tashkil qilindi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech