29 Aprel 2022 yil
425
Probatsiya hisobida turuvchi shaxs jazo oʻtashdan boʻyin tovladi
Qoʻshtepa tumani IIO Probatsiya guruhi hisobida turuvchi jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻshtepa tuman sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “i,m” bandlari bilan 3 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan R.V jazo oʻtashdan boʻyin tovlab kelayotganligi sababli 27-aprel kuni jinoyat ishlari boʻyicha Yozyovon tuman sudi tomonidan Jinoyat kodeksining
481-moddasi tartibida oʻtalmay qolgan 2-yil 8 oy 28 kun ozodlikni cheklash jazosi shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati