Probatsiya hisobida turgan shaxslar muddatidan oldin ozod qilindi
Jinoyat ishlari boʻyicha Rishton tumani sudi binosida sayyor sud boʻlib oʻtdi. Unda Rishton tumani Ichki ishlar boʻlimi Probatsiya guruhi hisobida tugan shaxslar ishtirok etishdi.
Sud jarayonida ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni oʻtash davomida haqiqatdan ham mehnatga xalol munosabatda boʻlgan, jazo oʻtashning tartib-qoidalariga rioya qilgan, tuzalish yoʻliga oʻtgan, sudlar tomonidan oʻrnatilgan taqiq va cheklovlarga toʻliq amal qilganliklari uchun Rishton tumani IIB boshligʻining taqdimnomasiga asosan turli muddatlarga axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazolari tayinlangan 13 nafar shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan oʻtalmay qolgan jazo muddatlaridan oldin shartli ravishda ozod qilindi.
Aksincha, jazodan oʻziga toʻgʻri xulosa chiqarmagan, sud tomonidan tayinlangan cheklovlarga amal qilmagan 2 nafar shaxsning jazo turi ogʻirroq jazo turiga almashtirildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati