22 Iyul 2022 yil 553

Foydalanishga berilgan yerni sotmoqchi bo'lgan shaxs qoʻlga tushdi

2022-yil 18-iyul kuni, Fargʻona viloyat IIB boshligʻi nomiga

Fuqaro M.U ariza bilan murojaat qilib, unda Chimyon qishlogʻi hududida joylashgan bogʻdorchilik yoʻnalishidagi 49 yil muddatga shartnoma asosida foydalinishga berilgan 5 gektarlik bogʻdorchilik yoʻnalishidagi bogʻdorchilik fermer xoʻjaligi yer maydonidan 60 sotixini “S” ismli shaxs egalik huquqisiz, hech qanday hujjatlarsiz 7.000 (yetti ming) AQSH dollariga sotishini ma’lum qilganligini bildirib, “S” ismli shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

Mazkur ariza yuzasidan, joriy yilning 18-iyul kuni Fargʻona viloyati Prokuraturasi hamda Fargʻona viloyati IIB JQB, Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, “S” ning ukasi R.D Chimyon mahalla hududida arizachi M.U.dan kimyoviy ishlov berilgan 7 000 AQSH dollari miqdoridagi pullardan oʻzaro kelishib 6300 AQSH dollarini olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech