Fargʼonada tibbiyot xodimiga nisbatan yetkazilgan tan jarohati boʼyicha internet tarmoqlarida tarqalgan maqola yuzasidan.
Joriy yilning 28 yanvar kuni Fargʼona shahridagi 2-sonli oilaviy poliklinikada janjal kelib chiqqan.
Fargʼona shahrida yashovchi 47 yoshli U.А. va uning qizi 27 yoshli G.А.lar poliklinikada rentgen koʼrigidan oʼtish vaqtida navbat talashib, hamshiralar 47 yoshli M.T. va 39 yoshli M.M.lar bilan oʼzaro janjallashib qolishgan. Natijada U.А. qoʼllari bilan hamshira M.T.ning yuziga urib tan jarohati yetkazgan.
Dastlabki tibbiy maʼlumotnomaga koʼra, M.T. “engil” tan jarohati olganligi koʼrsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati