18 Avgust 2022 yil 439

“Play Station” oʻyin apparatlarini oʻgʻirlagan shaxslar qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar.T.Gʻ IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 23-iyun kuni noma’lum shaxs, A.Charxiy koʻchasi koʻp qavatli uyning yertoʻlasida joylashgan “Play Station” oʻyingohiga kirish eshigi qulfini buzish yoʻli bilan gʻayriqonuniy ravishda kirib, oʻyingohda boʻlgan umumiy narxi 12.000.000 soʻmlik 3 dona “Плай Статион” oʻyin apparatlari va 12 dona pultlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni fuqaro Ya.E va R.S sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech