Plastik kartadan pul oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi
Bagʻdod tumani.S.R IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 11-oktabr kuni noma’lum shaxs tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasiga ruxsatsiz kirib, sezdirmasdan plastik kartasi hisobida boʻlgan 1.600.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab yechib olganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Bagʻdod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.I sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati