10 Dekabr 2022 yil 440

Plastik kartadan pul oʻgʻirlagan ayolga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Fargʻona shahar. D.G ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 23-sentabr kuni, noma’lum shaxs unga tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasiga ruxsatsiz kirib, jabrlanuvchiga sezdirmasdan plastik karta hisobida boʻlgan 2.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni X.Sh ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech