20 Avgust 2022 yil
517
Plastik kartadan kompyuter yordamida pul oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi
Fargʻona shahar.Fuqaro T.A IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 26-iyul kuni noma’lum shaxs tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasida boʻlgan jami 4.000.000 soʻm pullarini kompyuter yordamida oʻziga sezdirmay yechib olganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni S.S sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati