Beshariq tumanida plastik kartadan aldov yoʻli bilan 5.448.000 soʻm pullarini qoʻlga kiritgan shaxs fosh boʻldi
Beshariq tumani. Fuqaro R.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023 yil 10 fevral kuni nomaʼlum shaxs ijtimoiy tarmoqning telegram kanali orqali onlayn mikroqarz olib berishini aytib tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasi maxfiy kodini qoʻlga kiritib, plastik kartasi hisobida boʻlgan 5.448.000 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan yechib olganligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni K.D sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati