13 Dekabr 2022 yil
404
Plastik kartadan 3.185.000 soʻm pullarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona shahar. M.O ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 26-iyun kuni noma’lum shaxs tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasida boʻlgan jami 3.185.000 soʻm pullarni yechib olganligi ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni B.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati