Plastik kartadagi pullarni yashirin ravishda yechib olgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Yozyovon tumani. 2022-yilning 29-mart kuni noma’lum shaxs Yozyovon tumani, Qoratepa MFYda yashovchi U.Z ismli fuqaroga telefon qilib, ishonchiga kirib, unga tegishli plastik karta hisobida boʻlgan 6.060.000 soʻm pullarni firibgarlik yoʻli bilan yechib olgan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanida yashovchi A.J. ismli shaxs sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlangan.
Hurmatli fuqarolar!
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.