Plastik karta raqami va maxfiy kodini begonaga bermang!
Fargʻona shahri. 12-fevral kuni M.X ismli ayol ichki ishlar boʻlimiga murojaat qilib, noma’lum shaxs telegramm ijtimoiy tarmogʻi orqali arzon narxda kiyim-kechaklarni sotishini aytib, aldov yoʻli bilan plastik karta raqami va maxfiy kodini olib, plastik kartasidagi 700.000 soʻm pullarni boshqa plastik kartaga oʻtkazish orqali qoʻlga kiritganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.O. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati