31 Mart 2023 yil 369

Plastik karta hisobidan aldov yo'li bilan pul echib olgan shaxs javobgarlikka tortildi

Farg'ona shahar.Fuqaro E.Sh IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 05 fevral kuni nomaʻlum shaxs telegram ijtimoiy tarmog'i orqali ishonchiga kirib, uning tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasining xos raqamini qo'lga kiritib, plastik kartasi hisobida bo'lgan 4.000.000 so'm pullarini firibgarlik yo'li bilan echib olganligini maʻlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg'ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni J.R sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.

yuqorida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech