10 Mart 2020 yil 542

Pivo apparati oʼgʼirlandi

    Joriy yilning 03 mart kunidan 04 mart kuniga oʼtar kechasi nomaʼlum shaxs Fargʼona shahrida yashovchi 44 yoshli M.N.ga tegishli boʼlgan shaharning Motrudiy koʼchasida joylashgan “Аnhor” nomli oshxonasiga eshik qulfini buzish yoʼli bilan kirib, narxi 750 АQSh dollari boʼlgan “Tayfun” nomli pivo quyish apparatini oʼgʼirlab ketgan.

    Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni 28 yoshli, Fargʼona shahrida yashovchi S.J. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalil bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan S.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.              Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

                

 Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech