8 Sentyabr 2022 yil 378

Piyodani yonidan “gashish” giyohvandlik moddasi topildi

Dangʻara tumani.2022-yilning 26-avgust kuni Fargʻona viloyati IIB 2-mintaqaviy hudud PPX va JTS xodimlari tomonidan Gʻumayli mahalla hududida joylashgan savdo majmuasi oldida piyoda ketayotgan X.J toʻxtatilib, uni yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uning egnidagi qora rangli trikosini chap choʻntagida bir dona “Буббле” yozuvli rangsiz yelim idish ichida 2 dona tselofan parchasiga oʻralgan “gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Dangʻara tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech