28 Fevral 2020 yil 1433

Piyodalar yoʼlakchasi, avtomobillar uchun emas!

Katta yoʼl chetlarida piyodalar harakatlanishi uchun maxsus yoʼlaklar - trotuarlar barpo qilingan. Аmmo baʼzi haydovchilar ushbu joyni piyodalar uchun ekanligini unutib qoʼyishmoqda.
Fargʼona shahrida transport vositasini ana shunday joylarda qoldirib ketgan haydovchilarni aniqlash va maʼmuriy javobgarlikka tortish boʼyicha maxsus tadbirlar davom ettilmoqda.
Hurmatli haydovchilar, oʼzgalarning ham xuquq va burchlarini xurmat qilaylik. Zero xuquqiy madaniyat yuqori boʼlgan jamiyatda koʼngilsiz xolatlarga joy qolmaydi. Piyodalar yoʼlakchasidan sizning yaqinlaringiz, farzandlaringiz ham harakatlanadi.
Ular yoʼlini toʼsmang!



Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech