15 Oktyabr 2022 yil 383

Oʻzini shubxali tutgan shaxsni yonidan giyohvandlik moddasi topildi

Margʻilon shahar.18-sentabr kuni shahar JXX IIB HPB profilaktika inspektori Qoʻrgʻontagi tor koʻchasida xizmat olib borayotgan vaqtida shu koʻchada kelayotgan R.A oʻzini shubxali tutganligi sababli toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, gashish giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech