7 Oktyabr 2022 yil 402

Oʻzganing plastik kartasidan 6.500.000 soʻm pullarni aldov yoʻli bilan yechib olgan shaxs aniqlandi

Oltiariq tumani.S.D ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning may oyida telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali noma’lum shaxs aldov yoʻli bilan unga tegishli plastik karta raqami va maxfiy kodini qoʻlga kiritib, plastik kartasi hisobidan jami 6.500.000 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni X.N sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech